Xitoy Tayvan mojarosi tufayli Yaponiyaga eksportni chekladi
Xitoy Savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining Tayvan haqidagi bayonotidan so‘ng Yaponiyaga ikki maqsadli mahsulotlar eksportini taqiladi. Qarorga ko‘ra, harbiy yo‘nalishda ishlatiladigan hech qanday tovar endi kun chiqar yurtga sotilmaydi. Ushbu chora darhol kuchga kirdi.
- Yaqinda Yaponiya rahbari Tayvan masalasida noto‘g‘ri fikr bildirdi, - dedi vazirlik vakili. - Xususan, orolga harbiy aralashuv ehtimoliga ishora qildi. Bunday sharh “yagona Xitoy” tamoyilini buzish, “noxolis niyat” ifodasi sifatida o‘ta zararli oqibatga olib kelishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA