Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
XXR tashqi ishlar vaziri Van I joriy yilning 19 – 22 noyabr kunlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga keladi. U uch davlat tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar o‘tkazadi, shuningdek, mazkur davlatlar rahbariyati qabulida bo‘ladi.
– Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi Van I Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan yuqorida tilga olingan mamlakatlarga safar qiladi, - deb ma’lum qildi XXR TIV spikeri Mao Ning.
Ta’kidlanishicha, muzokaralarda ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
O‘.Alimov, O‘zA