Xitoy shaxsga xos ma’lumotlarni to‘plamoqdami?
Xitoy hukumati ixtiyorida shunchalik ma’lumotlar yig‘ilganki, hatto har bir amerikalik haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi mumkin.
“Senatdagi chiqishi chog‘ida AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Mettyu Pottinger shu haqda ma’lumot berdi”, deb yozadi FOX News. “Shaxsga xos ma’lumotlarni to‘plash kommunistik tartibga xos odatiy holat, lekin Pekin 5G tarmog‘ini hisobga olganda, jahon raqamli muhitida faol bo‘lib ulgurgan”, dedi Pottinger.