Xitoy shamol va quyosh energetikasi bo‘yicha keng miqyosli ishlarni amalga oshirish uchun katta mablag‘ ajratadi
BMT raisligida tashkillashtirilgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan virtual sammitda Xitoy raisi Si Szinpin iqlim bo‘yicha global nazorat yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, 2030 yilgacha Xitoy shamol va quyosh energetikasi bo‘yicha keng miqyosli ishlarni amalga oshirishini, bu maqsadda yirik mablag‘ ajratilishini aytdi.
Xitoy rahbari mamlakatlarni iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hamkorlikka chaqirdi.
“Yaqinda Jahon metereologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas Xitoy hukumatining bu boradagi olib borayotgan ishlariga yuksak baho bergandi”, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.