Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy shaharlari va maydonlariga bundan buyon xorijliklarning nomi berilmaydi
14:17 / 2022-04-26

Xitoyning aholi yashash manzillari xorijiy davlat arboblari nomi bilan atalmaydi. Bu haqda "Chjungo jibao" gazetasi o‘zining seshanba sonida ma’lum qildi. Gazetaning yozishicha, o‘tgan hafta XXR Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyan shu haqdagi hujjatni imzolagan bo‘lib, u 1 maydan kuchga kiradi.

Xabarda aytilishicha, shaharlar, tumanlar, maydonlar va hiyobonlarga nom berishda qanday xizmat ko‘rsatganidan qat’iy-nazar xorijliklarning nomidan foydalanilmaydi.

"Ushbu hujjat  joylarni nomlashni tartibga solishga qaratilgan", – deyiladi XXR Davlat kengashi qarorida. Qolaversa, mazkur qadam Xitoy madaniyatini himoya qilish zarurligini tasdiqlaydi, deb yozadi gazeta.

"Bunday tartibning e’lon qilinishi Xitoyning jamoatchilik boshqaruvini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, jug‘rofiy nomlarni optimallashtiradi", – deydi Xitoy fuqarolik ma’muriyati vazirligi huzuridagi toponimlar akademiyasi xodimi Lyu Lyanan. Uning ta’kidlashicha, xalq uchun xitoycha nom berilgan ko‘chalar va tor ko‘chalarda yashash yengilroq.