Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy seminari ishtirokchilari bilan rasmiy uchrashuv
15:26 / 2024-04-15

Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR)da tashkil etilgan seminar ishtirokchilarini Xitoy Kommunistik partiya (KP)si Siyosiy Byurosi a’zosi, KP muxtoriyat qo‘mitasi kotibi Ma Singruy qabul qildi. Kotibiyat qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kotib o‘rinbosari, mintaqa Xalq vakillari Kengashi rahbari Erkin Tuniyaz, KP mahalliy qo‘mitasi Targ‘ibot departamenti boshlig‘i Vang Jiangsin xonim, shuningdek, madaniyat, din, matbuot va OAV kabi yondosh sohalar yetakchilari, jumladan, O‘zAning ko‘p yillik hamkorlari – «Sinxua» axborot agentligi, «Jenmin Jibao» gazetasi, «China Media group» vakillari va boshqa mas’ullar ham qatnashdi.

SHUAR yetakchisi mehmonlarni qutlarkan, turli davlatlardan kelgan jurnalistlarga mintaqaning o‘ziga xos xususiyati haqida qiskacha ma’lumot berdi.

- Qariyb 1 million 600 ming kvadrat-kilometr maydonni egallagan provinsiyamizda siz, aziz mehmonlarga ko‘rsatishga arziydigan diqqatga sazovor joylar ko‘p, - dedi janob Ma Singruy. - Sizlar faqat ayrim obyektlarda bo‘ldingiz. Shunga qaramasdan, umid qilamanki, zaminimiz to‘g‘risida yetarli tassurot oldingiz. Hammamiz yaxshi bilamiz, Shinjon qadimdan Buyuk ipak yo‘lining eng muhim chorrahalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Hozirgi sa’y-harakatlarimiz diyorimizni Xitoy va Yevrosiyo o‘rtasidagi "oltin yo‘lak"ka, turli mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtiradigan muhim maydonga aylantirish. Shinjon-Uyg‘ur o‘lkasi darvozalari hamma uchun har doim ochiq. Eshiklarimiz tabaqalari yil sayin kengroq ochilmoqda.

Umuman, mazkur muloqot, kutilmaganda, yengil ruhda, ochiq, samimiy kechdi. Siyosiy arbob darajasidagi yirik rasmiy shaxs jahonning barcha qit’alaridan to‘plangan hamkasblarimiz bilan dildan suhbatlashdi, savol-javobga kirishib, munozaraga ham o‘rin berdi.

Tabiiyki, SHUARning Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan oxirgi yillarda jadallashgan iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim sohalardagi aloqalariga ham e’tibor qaratdi. Bu jarayonda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li juda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

G‘ayrat Xonnazarov, O‘zA

Urumchi shahri, Xitoy