Xitoy savdosida avtomobilsozlik yetakchi
2025 yil yakuniga ko‘ra, Xitoy yengil mashinalar va tijorat avtomobillari savdosida AQSHni sezilarli darajada ortda qoldirib, dunyo yetakchisiga aylandi. Bu haqda "Avtostat" agentligi "Global Data" ma’lumotiga tayangan holda xabar bergan.
Tegishli tadqiqot o‘tgan yil yer yuzida jami 91,9 million avtomobil sotilganini aniqladi. Bu 2024 yilga nisbatan 3,6 foiz ko‘p.
Mintaqalar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar: Xitoy - 26,8 million dona, AQSH - 16,3, G‘arbiy Yevropa - 13,4, Sharqiy Yevropa: 4,6 million dona.
Tahlilchilar Janubiy Amerikaga alohida e’tibor qaratgan: xarid qilingan mashinalar soni 3 milliondan oshgan va avvalgi yilga nisbatan 8,8 foiz ko‘paygan. Ayni ko‘rsatkich mintaqalar o‘rtasidagi eng yuqori o‘sish sur’atini ifodalaydi.
Shuningdek, rivojlangan bozorlarda ham barqarorlik kuzatilgan: Janubiy Koreyada +3,5 foiz, Yaponiyada +3,3, Kanadada +3,2.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA