Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy sarmoyasi ishtirokida yangi shaharcha barpo etiladi
22:45 / 2025-10-31

Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shaharchasida Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan yirik xalqaro loyiha – “Namangan China Town” shaharchasi qurilishi yuzasidan navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Xitoy Xalq Respublikasi Konsultativ kengashining Jiangsu provinsiyasi a’zosi, “Jiangsu Tonke Real Estate Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yan Bo boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Dastlab “Namangan China Town” shaharchasining loyihasi bilan yaqindan tanishtirildi. Mutaxassislar shaharchaning arxitektura yechimlari, infratuzilmasi va kelgusida amalga oshiriladigan qurilish bosqichlari haqida ma’lumot berdi.

[gallery-26020]

Shundan so‘ng, loyihani amalga oshirish jarayoni, qurilish ishlarini jadallashtirish, muhandislik va tashkiliy masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

“China Town” loyihasi umumiy hisobda 84 gektar yer maydonida, kelgusida esa 1084 gektarga yaqin hududdagi shahar majmualari bilan uyg‘un holda rivojlantiriladi. Loyiha doirasida 500 dan ziyod savdo va ofis binolari, mehmonxona, maktab va bog‘chalar, sport komplekslari hamda 24/7 rejimida ishlaydigan xizmat markazlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Shaharcha nafaqat savdo va biznes markazi, balki aholi uchun qulay yashash, ishlash va dam olish muhitini yaratishga qaratilgan zamonaviy  majmua bo‘ladi.

Muzokarada loyihani amalga oshirish jarayonidagi ayrim tashkiliy masalalar viloyat hokimi tomonidan joyida hal etildi. Kelishuvga ko‘ra, noyabr oyida loyihaning tamal toshi qo‘yilishi va qurilish ishlariga rasman start berilishi rejalashtirilgan.

“Namangan China Town” loyihasi nafaqat Namangan viloyatining me’moriy qiyofasini o‘zgartiradi, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA