Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Rossiyaning murojaatiga rad javobini berdi
15:06 / 2022-03-11

Xitoy hukumati Rossiya aviakompaniyalari samolyotlari uchun ehtiyot qismlarini yetkazib berishdan bosh tortdi.

"Rosaviatsiya" havo kemalarining foydalanish muddati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Valeriy Kudinov shu haqda ma’lumot berdi, deyiladi “Rosbalt.ru” xabarida.

“Bilishimcha, shunday ma’lumot bor, tegishli murojaat qilingan, xitoyliklar bunga rad javobini bergan”, deb aniqlik kiritdi boshqarma boshlig‘i.

Kuinovning aytishicha, endi Rossiya o‘z aviakompaniyalarining samolyotlari uchun ehtiyot qismlarni Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan olish imkonini izlaydi. Ayni paytda har bir aviakompaniya mustaqil tarzda ehtiyot qismlar ta’minotini tashkil qilishi mumkin. "Rosaviatsiya" esa, ularga ehtiyot qismlarni qonuniylashtirishda yordam beradi.