Xitoy qurg‘oqchilikka qarshi 60 million dollar ajratdi
Xitoy hukumati qurg‘oqchilik oqibatini bartaraf etish va ulkan hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ta’minlash uchun 443 million yuan (taxminan 62,26 million dollar) ajratdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Moliya vazirligi bayonotida aytilgan.
Bayonotga ko‘ra, ushbu qaror Xebey, Shansi, Szyansu, Anxoy, Shandun, Xenan va Shensi muzofotlarida qurg‘oqchilikni bartaraf etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan.
Hisobotda qayd etilishicha, uzoq davom etgan issiq, kam yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning ayrim hududlarida qurg‘oqchilik yuzaga kelgan. Tuproqda namlik yo‘qolishi yozgi chigit ekish mavsumiga, ko‘chatlar o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ajratilgan mablag‘ zarar ko‘rgan hududlarda tuproq namligini tiklash, yangi ekinlar ekish, qo‘shimcha o‘g‘it berishga yo‘naltiriladi. Bu sa’y-harakat yozgi ekish kampaniyasi muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kuzda mo‘l hosil olish uchun zamin yaratadi.