Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasiga doir Bitim tasdiqlandi
09:55 / 2024-07-10

Joriy yilning 8 iyul kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Xitoy Hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.  

Bitim 2024 yil 6 iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

O‘zA