Xitoy–Pokiston: ikki tomonlama munosabatlarning rivoji muhokama qilinmoqda
Pokiston tashqi ishlar Shoh Mahmud Qurayshiy Xitoy davlat maslahatchisi va tashqi ishlar vaziri Van I taklifiga ko‘ra, ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi, deb xabar beradi “Associated Press of Pakistan”.
Ikki tomonlama munosabatlarning rivoji muhokama qilinmoqda.
Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi aloqalari va COVID-19 vaksinalarining yetkazib berilishi diqqat markazida bo‘ladi.
Vazirlar mudofaa va havfsizlik, terrorchilikka qarshi kurash, shuningdek, o‘zaro manfaatli tarzda mintaqaviy hamda xalqaro masalalarni ko‘rib chiqadi.
Xitoy va Pokiston hukumati ikki davlat munosabatining gullab-yashnashini o‘zaro hamkorlikda ko‘rmoqda.