Xitoy o‘zida ishlab chiqarilayotgan protsessorlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlab qo‘ydi
Xitoy rahbariyati Loongson protsessorlarini Rossiyaga va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni taqiqlab qo‘ydi, deb yozmoqda "Kommersant" nashri.
"Ayrim rossiyalik elektronika ishlab chiqaruvchilari ushbu chiplarni ishlata boshlagandi, endi ularni sotib olishning imkoniyati yo‘q", – degan nashrga raqamlashtirish vazirligiga yaqin shaxs.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya kompaniyalari Xitoy protsessorlariga unchalik ham kuchli qarab qolgani yo‘q, lekin parallel import bilan muammo tug‘ilganda ular Loongson chiplaridan foydalanishni umid qilgandi.
Eksportning taqiqlanishiga ko‘rsatilayotgan sabablarning biri shuki, mazkur texnologiya Xitoy uchun strategik muhim deb tan olingan.
"Xitoyda eng yaxshi chiplar harbiy-sanoat majmualarida foydalanilmoqda, ularning tashqi bozorga chiqarilmasligiga asosiy sabab ham shu", – deyiladi "Kommersant" nashri tarqatgan xabarda.