Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy – O‘zbekiston universitetlari rektorlarining davra suhbati
20:12 / 2025-09-25

Bugungi kunda ko‘plab sohalar kabi ta’lim sohasida ham xalqaro aloqalar kuchayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarning ta’lim standartlarini o‘zlashtirish, nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali sezilarli rivojlanishga erishilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida uchrashuv o‘tkazildi. 

Xitoy – O‘zbekiston universitetlari rektorlarining mazkur davra suhbati “Oliy ta’lim orqali innovatsiya, yangi zamonaviy texnologiyalar va jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish” mavzusida bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy oliygohlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish orqali yangi tashabbuslarni amalga oshirish va strategik yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Shuningdek, global ta’limdagi dolzarb masalalar, sun’iy intellektni o‘quv jarayonlariga joriy etish va yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Bunday kelishuvlar kelgusida malakali kadrlarning yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Sherbek Islomov, O‘zA