"Xitoy o‘z suvereniteti, xavfsizligini himoyalashda G‘arbning bosimiga qarshi turadi"
Xitoy hukumati o‘z suvereniteti, xavfsizligi va manfaatini himoya qilish uchun Yevroittifoq va AQSHning birgalikdagi bosimiga qarshi turishga tayyor.
Bu haqda "South China Morning Post” nashri Xitoyning Yevroittifoqdagi missiyasi bayonotiga ko‘ra xabar bergan.
Nashrda eslatilishicha, Yevroittifoq-AQSH sammitida tomonlar global iqtisod qoidalarini ishlab chiqish uchun savdo-texnologik kengash tuzishga kelishib olgan, shuningdek, ular Xitoydagi inson huquqlari masalasini muhokama qilgandi.
“Xitoy endi avvalgidek emas. Xitoy xalqi yuksaldi. Bizni qo‘rqitishdan naf yo‘q”, deyiladi missiya bayonotida.
“INTERFAX.RU” shunday xabar taratgan.