Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Oyni ko‘zlamoqda, birinchi qadamlar tashlandi
10:29 / 2017-12-26

Xitoy seshanba kuni uchta sun’iy yo‘ldoshli “Chanchjen-2” raketasi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, 2017 yilda rejalashtirilgan fazoga uchish bo‘yicha dasturini yakunladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi (CASC) o‘zining WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Xitoy seshanba kuni uchta sun’iy yo‘ldoshli “Chanchjen-2” raketasi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, 2017 yilda rejalashtirilgan fazoga uchish bo‘yicha dasturini yakunladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi (CASC) o‘zining WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi, deya xabar qilmoqda “RIA Novosti”.

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 3.44 da Sichuan provinsiyasidagi Sichan kosmodromidan parvozni amalga oshirgan raketa Yerni masofadan turib zondlashga mo‘ljallangan uchta sun’iy yo‘ldoshni o‘zi bilan orbitaga olib chiqqan.

Xitoy o‘zining sun’iy yo‘ldosh dasturlariga doirasida 2017-yilning ikkinchi yarmi va 2018 yilning boshida Oy yuzasiga fazo kemalari parvozini amalga oshirishini ma’lum qilgan edi. Biroq “Chanchjen-5” raketasining muvaffaqiyatsiz ishga tushirilishi tufayli ushbu loyihani kechiktirishga to‘g‘ri keldi.

2017-yilning noyabr oyida CASC 2017-2045-yillarda mamlakat fazoviy transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni chop etgandi.