Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy: O‘ta zarur bo‘lmagan xorijiy safarlarni cheklash tartibi davom etadi
11:37 / 2021-08-06

Xitoy milliy immigratsiya ma’muriyati mamlakatdan turli maqsadlar bilan chiqish va unga kirish uchun o‘z vaqtida yoki tezlashtirilgan pasport xizmatini ko‘rsatadi, deyiladi “Sinxua” xabarida.

Ta’lim olish, ishga joylashish kabi maqsadlarda tezlik bilan xorijga chiqishi yoki mamlakatga kirishi lozim bo‘lgan fuqarolarning hujjati mazkur ma’muriyat tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Hujjat tasdiqlanganidan keyin ularga ruxsat beriladi, dedi mahkama xodimi Lyu Xaytao. Ayni paytda u, ma’muriyat, o‘ta zarur bo‘lmagan xorijiy safarlarni cheklash siyosatini davom ettirishini aytdi.