English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy odamlarni emlashga chaqirmoqda
11:25 / 2023-12-06

Qish mavsumida nafas yo‘li xastaliklari kuchayishi asnosida, Xitoy Kasalliklar nazorati va oldini olish markazi grippga qarshi emlanish zarurligini eslatdi.

“Sinxua” agentligi xabar berirshicha, mutaxassislar vaksinatsiya virus yuqishi, bemor ahvoli yomonlashishining oldini olishini, ushbu kasallik tufayli o‘lim xavfini kamaytirishda samarali usul ekanini ta’kidlamoqda. Qolaversa, emlash tibbiyot muassasalariga axoli murojaatini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Emlanishning maqbul vaqtiga oid ayrim xavotirlarga javoban, markaz aniqlik kiritdiki, eng qulay davr kasallanish avj olgan payt. Binobarin, boshqa vaqt ham virusga qarshi emlash mumkin.

Gripp virusi keltirib chiqaradigan yuqumli o‘tkir respirator kasallik – ORZ aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayrim populyatsiya, jumladan, chaqaloq, yosh bola, keksa va homilador ayol, shuningdek surunkali kasallikka chalingan bemorda infeksiyaning og‘ir alomati rivojlanishi xavfi yuqori. Markaz xulosasiga ko‘ra, gripp tarqalishi maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va qariyalar uylarida, odamlar gavjum joylarda ko‘p kuzatilyapti.