English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy neft va gaz importini oshirdi
11:31 / 2023-08-08

Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona Bosh boshqarmasi seshanba kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy 2023 yilning yanvar-iyul oylarida neft va tabiiy gaz importi hajmini mos ravishda 12,4 foizga va 7,6 foizga oshirdi.

Hisobot davrida Xitoy 325,752 million tonna neft import qildi, narx bo‘yicha xorijdan xom neft sotib olish 187,293 milliard dollarga tushdi. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga kam. Iyul oyida Xitoy chet eldan 23,904 milliard dollarga 43,686 million tonna neft sotib oldi.  

2023 yilning yanvar-iyul oylarida tabiiy gaz importi hajmi 36,9 milliard dollar miqdorida 66,876 million tonnani tashkil etdi. O‘tgan oyda Xitoy chet eldan 4,9 milliard dollarga 10,3 million tonna tabiiy gaz sotib oldi.  

2023 yilning birinchi yetti oyida ko‘mir importi 261,184 million tonnani tashkil etdi va Xitoyga 31,563 milliard dollar tushdi. Iyul oyida Xitoy xorijdan 39,26 million tonna ko‘mirni 3,867 milliard dollarga sotib olgan.