Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy nashrining maxsus soni O‘zbekistonga bag‘ishlandi
12:29 / 2022-11-07

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan «Lookwe» jurnalining mamlakatimizga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi.

Nashr sahifalarida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati tavsiflangan. Shu bilan birga, 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti yakunlari, respublikamizning iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va madaniy sohalardagi imkoniyati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi kabi ko‘plab mavzularda ingliz va xitoy tillaridagi maqolalar chop etilgan.

Jurnalda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “SHHT Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liq dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasi ham o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan.

"Lookwe" jurnali Xitoy vazirlik va idoralari, xorijiy diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, yirik firma va kompaniyalar, tahliliy va ilmiy markazlar orasida keng ommalashgan.

 

O‘zA