Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Mudofaa vazirligi: AQSH Tayvan tufayli inqiroz yaratdi
09:43 / 2022-08-08

Qo‘shma Shtatlar o‘z bayonotlari bilan Tayvan atrofida inqiroz keltirib chiqardi va buning uchun mas’uliyatni boshqalarga yuklashga harakat qilmoqda. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi xabar berdi.

 “AQSH bir tomondan inqiroz yaratib, ikkinchi tomondan yana vaziyatni nazorat qilmoqchi ekanini e’lon qildi. Ular noto‘g‘ri bayonotlari va provokatsion harakatlariga bahona izlamoqda.  “Amerika o‘z harakatlarini yashirishga va hatto, tashqi chayqovchilik qilishga, faktlarni buzib, mas’uliyatni zimmasiga olmay, boshqalarga ag‘darishga harakat qilmoqda. Biz bunday amallarni keskin qoralaymiz", deyiladi bayonotda.