Xitoy – Markaziy Osiyoning eng yirik savdo hamkori
Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2025 yil 106,3 milliard dollarga yetdi. Bu avvalgi yilga nisbatan 12 foiz ko‘p. Shu tariqa XXR 2025 yil Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng yirik savdo hamkoriga aylandi. Mamlakat Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich ikki mintaqa iqtisodiy aloqalarida yangi bosqichni anglatadi.
Ta’kidlanishicha, asosan mashinasozlik, elektronika va yuqori texnologiyali mahsulotlardan iborat Chin eksporti qiymati jami 71,2 milliard dollarni tashkil etgan. Mintaqamiz davlatlaridan esa Xitoyga 35,1 milliard dollarlik tovar va xizmatlar kirib borgan.
Ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Xitoy yanada samarali va yuqori sifatli hamkorlikka erishish uchun mintaqamiz bilan sheriklikni yanada mustahkamlashga sodiqligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA