French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xitoy – Markaziy Osiyo» siyosiy partiyalari muloqoti
16:26 / 2025-10-31

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov hamda bir qator fraksiya va qo‘mitalar rahbarlari, deputatlardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari «Xitoy – Markaziy Osiyo» siyosiy partiyalari muloqotining ikkinchi sessiyasi hamda “Markaziy Osiyo – Xitoy” 12-hamkorlik forumida ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida Markaziy Osiyo va Xitoydagi bir qator siyosiy partiyalar rahbarlari bilan muloqot qilinib, tajriba almashiladi, kelgusidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratiladi.  

Mazkur forum Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, partiyalararo va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy yaqinlashuv va doimiy muloqotni ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

M.Komilova, O‘zA