Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar yordam mablag‘i ajratadi
12:53 / 2022-01-26

Yaqin uch yilda Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga beg‘arazlik asosida 500 million dollar ko‘mak beradi.

Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin ma’lum qildi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

“Markaziy Osiyo – Xitoy” onlayn-sammitida Xitoy yetakchisi mazkur mablag‘lar ijtimoiy ahamiyatdagi loyihalarning amaliyotiga yo‘naltirilishini aytdi.

Shuningdek, Xitoy sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalar bo‘yicha besh ming nafar markaziy osiyolik mutaxassislarning malakasini oshirish uchun ta’lim kvotalari, qishloq joylardagi turmush tarzini yaxshilash uchun ham mablag‘ ajratishini ma’lum qilindi.