Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy mamlakatlarni modernizatsiyalashtirish uchun ko‘makka tayyor
13:51 / 2023-10-18

Xitoy faqat o‘zi yopiq tarzda modernizatsiyalashishni ko‘zlayotgani yo‘q, dunyoning barcha mamlakatlariga bu borada yordam berishga tayyor, dedi XXR raisi Si Szinpin Pekinda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tayotgan oliy darajadagi uchinchi anjumanda so‘zga chiqib.

Xitoy yetakchisi ta’kidlashicha, dunyoning modernizatsiyalashuvi tinch taraqqiyot, o‘zaro manfaatli hamkorlik va umumiy farovonlik garovi bo‘lishi kerak.

“Xitoy barcha davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mazkur tashabbusni birgalikda barpo qilish, yuqori sur’atda rivojlantirish va barcha mamlakatlarni uzluksiz modernizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - deya qo‘shimcha qildi Si Szinpin.

Xitoyning tovar va xizmatlar bo‘yicha tashqi savdo ko‘lami yaqin besh yilda 32 trillion dollardan oshadi, dedi Xitoy rahbari.

Hozir XXR 140 dan ziyod mamlakat va hududlarning asosiy savdo sherigi hisoblanadi. Qolaversa, Chin mamlakati ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyoti uchun investitsiya manbaiga aylanmoqda.

Shuningdek, Xitoy rahbari Ipak yo‘li jamg‘armasi mablag‘i qo‘shimcha ravishda yana 80 milliard yuan (taxminan 10,9 milliard dollar) oshirilishini ham ma’lum qilgan.

2014 yil 29 dekabrda tashkil etilgan mazkur jamg‘arma “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda savdo hamkorligini soddalashtirishga ko‘maklashadi. Fondning umumiy mablag‘i 40 milliard dollar va 100 milliard yuan (taxminan 13,6 milliard dollar)dan iborat.

XXR Raisi ta’kidlashicha, “Bir makon, bir yo‘l” o‘tgan o‘n yilda hayotiy va ramziy loyihalarni hayotga joriy qilish asosiga, oddiy chizma va rejadan aniq loyihalarga aylangan.

“Makon va yo‘l” – Xitoyning amaldagi savdo-transport yo‘laklarini takomillashtirish, Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 60 dan ziyod mamlakatni bir-biriga bog‘laydigan yangi yo‘laklar barpo qilish bo‘yicha xalqaro tashabbus bo‘lib, savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

S.Rahimov, O‘zA