Xitoy maktablarida baholash tizimi sun’iy intellektga o‘tyapti
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mamlakat ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyasidan foydalanilayotgani aks etgan video lavhani tarqatdi.
Uning ta’kidlashicha, Chin maktablarida o‘quvchi bilimini baholash jarayoniga sun’iy intellekt asosidagi tizim joriy etilmoqda. Endi natijani juda qisqa vaqtda aniqlash, o‘qituvchi ish yuklamasini sezilarli kamaytirish mumkin.
Masalan, mazkur tizim yozma ishni skanerlab, aqlli dastur yordamida tezkor tahlil qiladi. SI o‘qituvchi aralashuvisiz qo‘lda yozilgan javobni baholab, darhol fikr-mulohaza, izoh taqdim etadi.
Bu yangilik ommma orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA