Yurtimizda o‘tkazilayotgan Xitoy madaniyat kunlari doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohligida bugun Samarqandda bo‘ldi.
Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi.



Delegatsiya a’zolari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Samarqand bilan tanishuvni Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasini tomosha qilishdan boshladi.



Shundan so‘ng ular "Afrosiyob" muzeyida bo‘lib, bu yerda saqlanayotgan osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi.
Amir Temur maqbarasi va Registon maydoni ham xitoylik mehmonlarga manzur bo‘ldi.



Xitoy madaniyat va turizm vaziri tashrif doirasida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo‘ldi.
Bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda universitetda tahsil olayotgan xitoylik talabalar bilan suhbatlashdi.

Shundan so‘ng, Xu Xepin BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan birga Samarqandda yangi tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi va "Ipak yo‘lida turizm" tematik ofisida bo‘lishdi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari