Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi
14:22 / 2026-01-24

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasining “Xaynan Stzintanbo Investment Xaynan” hamda “Chjyondjun Tanbo Lishan Industry” kompaniyalari boshqaruv raisi Ma Szayshen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi, tomonlar investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganligi, jumladan, Andijon viloyatida juda ko‘p loyihalar xitoylik investorlar tomonidan amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, Xonobod shahrida “Quruq port” logistika markazini barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yo‘l qurilishi loyihalari, shuningdek, Bobur shahri infratuzilmasini kompleks yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari, investitsiya hajmlari, amalga oshirish bosqichlari hamda hamkorlik shartlari yuzasidan fikr almashildi. Viloyat rahbari Andijon viloyatining investitsiya salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti hamda davlat tomonidan xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan tartiblar haqida ma’lumotlar berdi.

Yakunda tomonlar qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA