Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda ish boshladi
10:02 / 2020-10-04

Oʻzbekistonda Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasi ish boshladi.


Oʻzbekistonda Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasi ish boshladi. Mazkur platforma ikki tomon manfaatlari uchun xizmat qiladi. Mazkur kompaniyaning mamlakatimizdagi rasmiy vakili Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi hisoblanadi.

– Alibaba.com saytida ilgari ham oʻzbek mahalliy tadbirkorlarimiz, eksportyorlarimiz oʻz mahsulotlarini joylab, eksport qilishgan, – deydi Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi Maʼruf Pardayev. – Ammo bu juda katta portal, juda ham murakkab jarayon boʻlgani uchun registratsiya jarayonidagi koʻp savollar yuzasidan tushunmovchiliklar boʻlgan. Shuning uchun koʻpchilik tadbirkorlarimiz ishning yarmidan tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Endilikda mazkur kelishuv Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.com saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu Oʻzbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

– Aslida “Alibaba” shu vaqtgacha Oʻzbekistonda oʻz shuʼbasini ochmagan, – deydi Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov. – Negaki ularning talablari yuqori. Koʻpchilikda bu Oʻzbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tugʻilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmogʻiga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini oʻtaydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam oʻz mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qoʻshni davlatlarga chiqa olamiz. Bu Oʻzbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yoʻl ochadi.

Mazkur kompaniyaning mamlakatimizga rasman kirib kelganiga qisqa vaqt boʻlgan boʻlsa-da, ilk natijalar bor.

Platforma orqali mahalliy qandolatchi korxonasi oʻzining 3 million AQSH dolloriga teng shartnomasini imzoladi. “Alibaba”ning rasmiy faoliyatini ekspertlar Oʻzbekiston uchun iqtisodiy oʻzgarishlar va dunyo onlayn platformasini zabt etish sari qoʻyilgan qadam, deb baholashmoqda.