Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi Namangan viloyatida zavod quradi
17:07 / 2024-09-05

Xitoyning “Boi Yi Da” kompaniyasi delegatsiyasi Namangan shahriga tashrif buyurdi va Namangan viloyati xokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar Namangan viloyatida misni qayta ishlash zavodini tashkil etishni rejalashtirgan. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqich taxminan 40 million dollarga baholanmoqda. Korxonaning barcha mahsuloti eksportga yo‘naltiriladi. 

Shavkatjon Abdurazzoqov loyihani amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan investitsiya imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng Xitoy delegatsiyasi zavod qurilishi uchun taklif etilayotgan joylarni ko‘rish uchun yo‘lga chiqdi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA