English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi Chustda quyosh fotoelektr stansiyasini quradi
07:07 / 2023-07-15

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyalari tomonidan yurtimiz iqtisodiy hayotida amaliyotga tatbiq etilayotgan loyihalar soni ortib borayotgani qayd etildi. Mehmonlarga viloyatda mavjud imkoniyatlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

[gallery-12781]

“Znshine Solar Coo. Ltd” kompaniyasi vakillari Chust tumanida 2000 megavatt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradigan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish istagida ekanliklarini bildirishdi.  

Investorlar bu loyiha uchun taklif etilgan yer maydonlari o‘rganilgani, eng yaqin elektr taqsimlash nimstansiyalariga ulanish imkoniyatlari tahlil qilinganini ma’lum etishdi.

Loyiha uch bosqichda 1 mlrd. AQSH dollari investitsiyasi hisobiga amalga oshiriladi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA