Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi Bobur shahrida zamonaviy akvapark quradi
12:30 / 2026-02-03

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalaridan biri – “Qingdao Wanlin Health and Wellness Industry Group” kompaniyalar guruhi asoschisi Li Yantao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi, tomonlar investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganligi, jumladan, Andijon viloyatida juda ko‘p loyihalar xitoylik investorlar tomonidan amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, xitoylik investorga Andijon shahrida zamonaviy shifoxona, shuningdek, Bobur shahrida zamonaviy talablarga javob beradigan akvapark barpo etish bo‘yicha loyihalar taklif etildi.

Muzokaralar jarayonida investorga qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektlar joylashishi ko‘zda tutilgan hududlar, infratuzilma imkoniyatlari hamda logistika sharoitlari yaqindan tanishtirildi. Loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari, hamkorlik shartlari yuzasidan fikr almashildi. 

[gallery-27452]

Yakunda tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, belgilangan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy dam olish maskani barpo etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutiladi.

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari