Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyasi 7 000 xodimiga 26 million dollar ajratdi
16:27 / 2026-02-26

Xitoyda faoliyat yurituvchi yirik sanoat korxonalaridan biri yil yakuni munosabati bilan xodimlarini beqiyos miqdordagi mukofot puli bilan rag‘batlantirdi. Korporativ tadbir davomida ma’lum qilinishicha, kompaniya 2025-yil yakunida 270 million yuan daromad olgan.

Shundan 180 million yuan — qariyb 26 million dollar bonus sifatida ajratilib, 7 000 xodim o‘rtasida taqsimlangan. Bu umumiy foydaning qariyb 70 foiziga teng. Gap “Henan Kuangshan Crane Co” haqida bormoqda. 2002-yil sentabr oyida tashkil etilgan mazkur korxona kran va material tashish uskunasi ishlab chiqarish, ayni yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlari bugungi kunda 130 dan ziyod mamlakatga eksport qilinadi. Kompaniya aksiyalarining qariyb 98,88 foizi rahbar Suyga tegishliligi aytiladi. Ushbu yangilik Xitoy ijtimoiy tarmog‘ida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan xodimlar mehnatini munosib qadrlash namunasi sifatida baholanmoqda.  

F. Yaxshiboyeva, O‘zA