Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyalari hamkorlikni kengaytirmoqda
14:57 / 2023-12-04

Toshkent viloyati va Xitoyning Chun Sin shahri o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm biznes forumi ochilishida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq so‘zladi va xitoylik tadbirkorlarni O‘zbekistonda, xususan, Toshkent viloyatida biznes boshlashga taklif etdi.

Hozirda viloyatda Xitoy bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 380 dan ziyodni tashkil etadi. Xitoylik ishbilarmonlar orasida 300 million dollar investitsiya kiritgan “Conch cement” va 100 million dollar investitsiya kiritgan “Dongfeng Trading” kompaniyalari samarali natijalarga erishmoqda. Shuni e’tiborga olib, kelgusida hamkorlikni yana kengaytirish rejalashtirilgan.  

Joriy yil oktyabr oyida davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi bo‘lgandi. Unda tomonlar o‘rtasida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko‘paytirishga kelishib olingan. 

 Shuni e’tiborga olib, Toshkent viloyati delegatsiyasi forum doirasida 10 dan ziyod taqdimot va muzokarada qatnashadi. So‘ngra B2B formatida tadbirkorlarning o‘zaro muloqotlari ham tashkil etiladi. Muzokaralarda har ikki tomon mavjud imkoniyatlarni baholab, loyiha istiqboli bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Reja bo‘yicha forum davomida umumiy qiymati 1 milliard 300 million dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.  

A.Musayev,O‘zA.