Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy kompaniyalari chigit ekishni boshladi
10:05 / 2025-04-04

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida bu yilgi chigit ekish jarayonlari Xitoyning “JINGU LIXUA” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jami 2176 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, jarayonga 20 ga yaqin zamonaviy texnika jalb qilingan.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu texnologiyalar yordamida 1 gektardan 5,5 tonnagacha paxta hosili olish mumkin. 

Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Xitoylik mutaxassislar va mahalliy fermerlar ishtirokida bahorgi shudgorlash hamda samarali ekish texnologiyalari bo‘yicha maxsus seminar tashkil etildi. 

Unda yangi agrotexnologiyalar, ekish jarayonida tuproq unumdorligini oshirish va sug‘orish tizimlarini takomillashtirish haqidagi ilmiy asoslangan usullar muhokama qilindi.

Ekish jarayonlariga jalb qilingan 20 ga yaqin maxsus texnika paxta ekishni yanada samarali, tezkor va aniq bajarish imkonini beradi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri