Xitoy 2026 yil boshida Damashqdagi elchixonasini qayta ochish va Suriya xalqiga yordam ko‘rsatish niyatida. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vazirligi vakili Eshhad Salibiy “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyadan keyin Xitoy Damashq bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lida amaliy qadam qo‘ygan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Salibiy so‘nggi oylarda Suriya va XXR rasmiy vakillari bir qator uchrashuvlar o‘tkazgani va bu uchrashuvlar tashqi ishlar vaziri Assad Hasan Ash-Shayboniy boshchiligidagi Suriya delegatsiyasining Pekinga tashrifi uchun keng yo‘l ochganini xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrif BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan Xitoy bilan hamkorlikda “yangi imkoniyatlar” ochdi.

Suriyalik diplomat Damashq barcha mamlakatlar bilan mustahkam, barqaror va strategik munosabatlar o‘rnatishga intilayotganini va iqtisodiy tiklanish va barqarorlikka faqat muvozanatli diplomatiya va do‘stona tashqi aloqalar orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.
– Xitoy tashqi ishlar vaziri Suriya xalqiga 380 million yuan miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi hamda mamlakat elchixonasini qayta ochish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi, - dedi Salibiy o‘z intervyusida.
M.Pirmatova, O‘zA