Xitoy hukumati COVID-19 pandemiyasi paytida kambag‘al mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning qarzidan kechdi, deb xabar qiladi South China Morning Post nashri.
Bekor qilingan qarzlar miqdori jami 7,6 milliard dollarni tashkil etadi. Mazkur tahlil Xitoy-Afrika tadqiqot tashabbuslari ekspertlari (CARI) hamda Jon Xopkins istiqbolli xalqaro tadqiqotlar Maktabi tomonidan olib borilgan.
Tadqiqot natijalarida aytilishicha, qarz majburiyatlari asosan davlat moliya institutlari, jumladan Xitoy taraqqiyot banki va Xitoy savdo-sanoat banki tomonidan bekor qilingan. Shuningdek bunda Xitoy esport-import banki va Xitoyning xalqaro rivojlanish sohasida hamkorlik bo‘yicha agentligi ham muhim rol o‘ynagan.
Ushbu amalyot mamlakatlarga yordam berish bo‘yicha rasmiy mexanizmlar orqali amalga oshirildi.
Pekin bergan bayonotda aytilishicha, shu yo‘l bilan 23 ta mamlakatga yordam ko‘rsatilgan, ularning 16 tasi Afrika mintaqasi mamlakatlari hisoblanadi. Xitoyning qarz daftaridan o‘chirilgan jami summaning 6,2 milliard dollari Angolaga to‘g‘ri kelgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu bilan Xitoy qarzlardan kechish uchun ilk bor ushbu mexazimdan foydalanmoqda.