Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Janubi-Xitoy dengizida harbiy mashqlarni boshladi
12:51 / 2022-07-29

Xitoy juma kuni Janubi-Xitoy dengizida Guandun provinsiyasining janubiy sohillarida ikki kunlik harbiy mashqlarni boshladi, deb xabar tarqatdi Guandun dengiz xavfsizligi boshqarmasi.

Xabarda ta’kidlanishicha, harbiy mashqlar 29 va 30 iyulda Guandun provinsiyasini Xaynan oroli bilan ajratib turuvchi Syunchou bo‘g‘ozida  hamda Davanshan orolining  janubi-g‘arbiy akvatoriyasida o‘tkaziladi. Mazkur orol ham Guandun provinsiyasining janubiy  sohillariga yaqin hisoblanadi.  

Xabarda ushbu harbiy mashqlarning tafsilotlari haqida ma’lum qilinmagan.