Xitoy Jahon banki va XVJni Afg‘onistonga yordam berishga chaqirdi
Tolibon avgust oyida hokimiyatni to‘liq egallab olgandan so‘ng Afg‘oniston markaziy bankining milliardlab aktivlari muzlatilib, mamlakatga mablag‘ kirishi to‘xtagan edi.
Hozirgi kunda Afg‘onistonda yuzaga keladigan chuqur inqirozning oldini olish dolzarb bo‘lib turibdi. Jumladan, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasini moliyaviy ko‘mak berishga chaqirdi.
Vazir AQSH va G‘arb davlatlarini Afg‘onistonga kiritilgan saksiyalarni olib tashlashga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Covid-19ga qarshi kurashish uchun mamlakatni vaksina va dori-darmon bilan ta’minlashga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Afg‘onistonga 30 million dollarlik gumanitar yordam jo‘natishini ma’lum qildi.