Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotini tez orada quvib o‘tishi aytilmoqda
Xitoy iqtisodiyoti yaqin vaqtlarda AQSH iqtisodiyotidan ikki-uch barobar katta bo‘ladi, dedi amerikalik tadbirkor va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask.
Uning ta’kidlashicha, shu kungacha AQSH dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega mamlakat edi.
"Endi biz shunday vaziyatga yaqinlashmoqdamizki, Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotidan ikki-uch barobar katta bo‘ladi. Bu shunchaki boshqa dunyo", — dedi Mask Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Maskning ta’kidlashicha, o‘zi asos solgan Tesla kompaniyasi Xitoy bilan yaxshi munosabatda.
"Umuman olganda, mening fikrimcha, biz qiziqarli va yangi dunyoga qarab bormoqdamiz. Shuni unutmasligimiz kerakki, hammamiz ham odamlarmiz", — deya ta’kidlagan u o‘z intervyusida.