Xitoy iqtisodiyoti 2018-yilda 6,7 foizga o‘sadi
2018-yilda Xitoyda iqtisodiy o‘sishi sur’at 6,7 foizni tashkil etadi. Bu joriy yildagi rivojlanish prognozlaridan 0,1 foizga past. Bu haqda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan hisobotda aytilmoqda.
2018-yilda Xitoyda iqtisodiy o‘sishi sur’at 6,7 foizni tashkil etadi. Bu joriy yildagi rivojlanish prognozlaridan 0,1 foizga past. Bu haqda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan hisobotda aytilmoqda.Hujjatda ta’kidlanishicha, “yaqin kelajakda barcha muhim omillar o‘zgarmasdan barqarorligicha qoladi yoinki kichik pasayishlarni namoyon etadi”.
Prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan hukumat tahlilchilarining fikricha, kelgusi yilda AQSh, Yevroittifoq va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida pasayish kuzatiladi. Bu esa tashqi bozorlarda Xitoy mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi.
2016-yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,7 foizga o‘sdi. Joriy yilda esa hukumat YaIM darajasini 6,5 foizdan past bo‘lmasligini ta’minlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan. So‘nggi yillarda Xitoyda iqtisodiy o‘sish darajasi pastlayotgani qayd etilmoqda. Jumladan, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 10,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib 6,9 foizlik o‘sish qayd etildi.