Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy hukumati "Tayshan" AESidagi vaziyat haqida axborot berdi
19:59 / 2021-06-16

Xitoy hukumati Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka (MAGATE) "Tayshan" atom elektrostansiyasida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, "Tayshan" AESidagi hodisa radiatsiyaning havoga chiqishiga olib kelmagan.

Bundan avvalroq CNN telekanali AQSH hukumati o‘tgan haftada Guandun viloyatidagi "Tayshan" AESida paydo bo‘lgan “radiologik falokat” haqida xabar olgani va hozir ushbu ma’lumot tekshirilayotgani haqida xabar bergan edi. Xabarda ushbu ogohlantirish AESni boshqarayotgan Fransiyaning "Framatome" kompaniyasi tomonidan olingani aytilgan.