Xitoy harbiy mashq boshladi
Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy Tayvanni qamal qilish mashqini o‘tkazmoqda. Bu haqda XXR Ozodlik armiyasi rasmiy vakili Li Si dushanba kuni bayonot berib, mashg‘ulotga “Lyaonin” avia tashuvchi qurilma boshchiligidagi kemalar guruhi ham jalb qilinganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Li Si mamlakatda “Qo‘shma o‘tkir qilich-2024B” harbiy mashqi boshlanganini ma’lum qilib, Tayvan atrofida qo‘shma hujum, qamal qilish va orol hududidagi muhim portlarni nazoratga olish bo‘yicha mashg‘ulot davom etayotganini ta’kidlagandi.
Ta’kidlanishicha, harbiy tadbirlarda kema va samolyotlar o‘zaro baqamti harakat qilish orqali birgalikda havodagi ustunlikni ta’minlashi, shuningdek dengiz va quruqlikdagi nishonlarga aniq zarba berishi sinab ko‘riladi.
Yakshanba kuni Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-dengiz floti kemalari – “Lyaonin” avia tashuvchisi yetakchiligidagi guruh orol janubidagi Bashi bo‘g‘ozi yaqinidan o‘tib, Tinch okeani g‘arbiy qismiga yetib borgani xususida xabar tarqatgan edi.