Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy harbiy kuchlarini jadal mustahkamlamoqda
10:40 / 2025-11-17

“Ynet” nashri yozishicha, Hind-Tinch okeani mintaqasida yangi sovuq urush kuchaymoqda. Xususan, Xitoy harbiy salohiyatini oshirish maqsadida Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda eng kuchli sa’y-harakat boshlagani aytilyapti. Chin davlati armiyani takomillashtirmoqda, jumladan raketa va yadro imkoniyatini juda tez kengaytirmoqda. AQSH hisob-kitobiga ko‘ra, Pekin 2027 yilga kelib Tayvanni harbiy nuqtai nazardan egallab olishga tayyor turishni xohlaydi.

XXR Raisi Si Szinpin Xalq ozodlik armiyasini isloh qilyapti, korrupsiyaga qarshi o‘ta keskin kurash olib boryapti, dengiz floti, havo va raketa kuchlari takomili uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflayapti. Mamlakat yangi ballistik raketalar, uchinchi mahalliy avia tashuvchi vositalarni namoyish etib, qurol-aslaha zaxirasini avvalgidan ancha tez kengaytirish orqali yadroviy “uchlikni” kuchaytirmoqda.

Si Szinpin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi “diplomatik tabassumlar”ga qaramay, keskinlik kuchaymoqda. Vashington yadroviy sinovni qayta boshlashini e’lon qildi, mintaqadagi AQSH ittifoqchilari Xitoyning qayta qurollanishi ko‘lamidan xavotirga tushgan. Mutaxassislar Pekin Ukrainadagi urush tajribasini faol ravishda o‘rganayotgani, kuchli raketa zarbalari berilishi, mojaro yuzaga kelgan taqdirda Tayvan qamal qilinishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Shu bilan birga Xitoy qo‘shnilarga ham bosimni kuchaytiryapti. Janubiy Xitoy dengizida nizo avj olyapti, Yaponiya bilan keskinlik ortmoqda, Tayvan atrofidagi harbiy mashq tobora keng ko‘lam kasb etmoqda.

Tahlilchilar ta’kidlashicha, Pekin Qo‘shma Shtatlar bilan texnologik va harbiy tafovutni tezda yo‘qqa chiqaradi. Mintaqa oldindan aytib bo‘lmaydigan holatga yaqinlashmoqda, sovuq qarama-qarshilik ochiq tus olishi xavfi oshmoqda.

S.Rahimov, O‘zA