Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy harbiy byudjeti yana oshadi
14:57 / 2024-03-05

Xitoy 2024-yil harbiy byudjetini 1,665 trillion yuan (taxminan 231,24 milliard dollar) oshiradi.

“Milliy mudofaa xarajati 1,665 trillion yuanni tashkil etadi”, - deyilgan Xalq vakillari yig‘ini sessiyasi ochilishi arafasida e’lon qilingan hujjatda.  

Xitoy har yili mudofaa byudjetini rejali oshirib kelmoqda. Binobarin, urushlarda ishtirok etmayotgan ushbu davlat harbiy doktrinasi mudofaaga tayanadi. 2023-yil Xitoy milliy mudofaa xarajatini 7,2 foiz, ya’ni  1,55 trillion yuan (taxminan 220 milliard dollar) oshirgan edi.  

Mudofaa tizimi sarfi har yili ortib borishi tendensiyasi ko‘p davlatlarda xavotir uyg‘otib, tanqidga sabab bo‘lmoqda. Butunxitoy xalq vakillari 14-majlisi ikkinchi sessiyasi rasmiy vakili Lou Sinszyan bayonot berishicha, milliy mudofaaga sarflanayotgan xarajat, AQSH bilan taqqoslaganda, ancha oz.  

Seshanba kuni Pekin shahrida ochilgan mamlakatning Oliy qonun chiqaruvchi organi anjumani yetti kun davom etadi. Tadbirda butun mamlakatdan kelgan qariyb 3 ming delegat ishtirokida hukumatning 2023-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglanadi, 2024-yil uchun reja, markaziy va mahalliy byudjet loyihalari tasdiqlanadi. Oliy xalq prokuraturasi, Oliy xalq sudi, hamda Xalq vakillari doimiy qo‘mitasi faoliyati haqidagi ma’ruzalar tinglanadi. XXR Davlat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Qonunga tuzatish kiritish masalasi muhokama qilinadi.