Xitoy G‘arbni Moskvaning xavfsizlik bo‘yicha xavotirlarini hisobga olishga chaqirdi
Xitoy AQSH, NATO va Yevropa ittifoqini Rossiya bilan o‘zaro teng muloqot olib borishga va Moskvaning xavfsizlik bo‘yicha xavotirlarini hisobga olishga chaqiradi, dedi Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
“Biz AQSH, NATO va YeIni Rossiya bilan teng asosda muloqot qilishga chaqiramiz. NATOning muttasil suratda Sharqqa tomon kengayib borishi Rossiyaning xavfsizlik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga alohida e’tibor qaratilishi lozim”, dedi Chjan Szyun.