Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy fuqarosining MRBga josuslik qilgani yuzasidan tergov boshlandi
11:13 / 2023-08-21

Xitoy rasmiylari Markaziy razvedka boshqarmasiga josuslik qilganlikda gumon qilinayotgan mamlakat fuqarosiga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Davlat xavfsizlik vazirligi xabar berdi.

Tashkilotning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aniqlik kiritilishicha, gumonlanuvchi davlat idoralaridan birida ishlayotgan Xao ismli xodim ekan. Yaponiyada amaliyot o‘tash chog‘ida, ta’kidlanganidek, u AQSHning Tokiodagi elchixonasi xodimi bilan uchrashib, tanishib qoladi. Keyinchalik Xao diplomat orqali MRB bilan aloqa o‘rnatgan, XXR davlat tizimidan ma’lumot o‘g‘irlash bo‘yicha maxsus kursdan o‘tgan.

Aytilishicha, josus xizmat vazifasini bajarayotib, AQSH razvedkasi xodimlari bilan bir necha bor uchrashgan, pul mukofoti evaziga ularga ma’lumot yetkazib turgan.

O‘zA