Xitoy Farg‘onada kir yuvish vositalari zavodi qurmoqchi
Farg‘ona viloyati tadbirkorlari Xitoyning Foshan shahrida joylashgan elektrotexnika hamda xo‘jalik kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Unda Farg‘ona viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, imtiyoz va imkoniyatlar batafsil taqdim etildi.
Foshan shahri partiya qo‘mitasi rahbariyati bilan Farg‘ona va Foshan shaharlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi investitsiya va savdo loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shu bilan birga “Foshan Famous” xo‘jalik kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasi Farg‘ona viloyati hududida xo‘jalik kimyo mahsuloti zavodini qurish istagini bildirdi. Yangi loyihani amalga oshirishning dastlabki qadami sifatida Foshan tadbirkorlari Farg‘ona viloyatiga amaliy safar qilishini bildirdilar.


Uchrashuvlar yakunida Foshan shahri delegatsiyasining viloyatga tashrifi bo‘yicha kelishildi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA