Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Erondan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali energiya yetkazib berish zanjiriga daxl qilmaslikni so‘radi
22:22 / 2026-03-03

“Bloomberg” nashri xabar berishicha, Xitoy Erondan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshiriladigan energiya yetkazib berish zanjiriga daxl qilmaslikni so‘ramoqda. Pekinning bu qat’iy pozitsiyasi Xitoy iqtisodiyoti Fors ko‘rfazi mamlakatlari energiya manbalari, xususan Qatar gaziga chambarchas bog‘liqligi bilan izohlanadi. Yaqin Sharqda keskinlik kuchayishi oqibatida tankerlar qatnovi va Qatarda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish jarayoni qisqa muddatga to‘xtab qolgan.

Vaziyat Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dron orqali berilgan zarbadan so‘ng yanada og‘irlashdi. Ushbu korxona ishini to‘xtatib, xodimlarini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Eron ushbu hujumga aloqasi yo‘qligini bildirib, aybni Isroilga yuklagan bo‘lsa-da, Tehrondan kelayotgan rasmiy bayonotlar holatni keskinlashtiryapti.

Xususan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni maslahatchisi Ibrohim Jabboriy qat’iy ogohlantirish bilan chiqdi:

– Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq. Bu yo‘lakdan o‘tishga uringan har qanday kemani yoqib yuborishga tayyormiz. Quvurlarga ham zarba beramiz, hududdan bir tomchi ham neft chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Ayni tahdid asnosida Xitoy rasmiylari Tehronni jahon va Chin bozori uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan energiya yo‘nalishlarini nishonga olmaslikka chaqirgan.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA