French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy elektron eshik tutqichlarini o‘rnatishni taqiqladi (+video)
17:57 / 2026-02-04

Xitoy elektromobillarda elektron boshqaruvli eshik tutqichlaridan foydalanishni taqiqladi, deb xabar berdi BBC.

Mazkur turdagi tutqichlar ilk bor Tesla avtomobillarida qo‘llanilgan edi. Dunyodagi nazorat organlari elektromobillarni sinchiklab tekshirmoqda. Bunga bir qator o‘lim bilan yakunlangan hodisalar, jumladan Xitoyda elektromobillar ishtirokida sodir bo‘lgan ikki yo‘l-transport hodisasi sabab bo‘lgan. Ushbu holatlarda elektr tizimidagi nosozlik eshiklarni ochishga xalal bergani taxmin qilinmoqda.

Xitoy OAVlarining yozishicha, yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobillar eshiklarini ichkaridan hamda tashqaridan mexanik usulda ochish imkoni mavjud bo‘lgan taqdirdagina sotuvga ruxsat etiladi.  

Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan dushanba kuni e’lon qilingan yangi talablar 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Yangi talablar faqat Xitoyda sotiladigan avtomobillarga taalluqli bo‘lsa-da, tahlilchilar bu yangilik butun dunyo bo‘ylab eshik konstruksiyasini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin, deb hisoblaydi. Chunki, Xitoy xalqaro elektromobil bozorida standartlar belgilab beruvchi davlat sifatida o‘z mavqeini tobora mustahkamlamoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KtTVOwVPjoQ" title="Xitoy elektron eshik tutqichlarini o‘rnatishni taqiqladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>          

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA